Xorijlik abituriyentlar uchun O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasiga qabul boshlandi

O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi 2019-2020-o‘quv yili uchun chet el fuqarolarini bakalavriatda o‘qish uchun 15-iyun kunidan qabul ochilganini e’lon qiladi.

Xorijlik abituriyentlar akademiyaga kirish imtihonlaridan ozod etiladi va suhbat asosida qabul qilinadi. Talabalar istaklariga ko‘ra, o‘zbek va rus tilida o‘qishlari mumkin. Ularga diniy va dunyoviy fanlardan o‘z sohasining yetuk professor-o‘qituvchilari dars beradi.

Akademiyada quyidagi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha tahsil olish mumkin:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (4 yil):

– Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari);

– Xalqaro munosabatlar;

– Islomshunoslik (qur’onshunoslik, hadisshunoslik, islom huquqi, aqida va tasavvuf, islom tarixi va manbashunosligi);

– Dinshunoslik;

– Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi);

– Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili);

– Turizm (ziyorat turizmi).

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikasi fuqarolari tahsil olmoqda. 2019-yildan boshlab, Rossiya musulmonlari diniy kengashi muftiysi Albir Krganov doktoranturaga qabul qilindi.

Bu yilgi qabul jarayonida chet el fuqarolariga qulaylik yaratish maqsadida hujjatlarni elektron tarzda international@iiau.uz va +998907888745 (Telegram va WhatsApp) raqami orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, xorijiy talabalar uchun o‘qish shartnomasi summasining o‘zlariga maqbul shaklini tanlash imkoniyati yaratilgan.

O‘qishga qabul qilingan xorij fuqarolarining viza olishi va yashashi bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassislari yordamida amalga oshiriladi.

Murojaat uchun:

international@iiau.uz

+998907888745

+998935510593 (ingliz tilida murojaat uchun)

+998712449593

 

 

Share This Post:

Manager Ouzbekistan