
Hurmatli fuqarolar!
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga saylovoldi kampaniyasi 2021 yil 23 iyulda boshlangan. Xorijiy mamlakatlarda bo'lgan Respublika fuqarolari saylovda qatnashish uchun O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi qoshida tashkil etilgan mahalliy saylov komissiyasiga yozma ravishda yoki https://saylov.mfa.uz/site/index?language=cryl veb-sayt orqali murojaat qilishlari mumkin.
2021 yil 9 oktyabrgacha saylovchilar ro'yxatida ro'yxatdan o'tish orqali O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok eting va ovoz berish huquqingizdan foydalaning.