Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Zomin-O‘zbek Shveytsariyasi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Zomin-O‘zbek Shveytsariyasi



Zomin-O‘zbek Shveytsariyasi

Ajoyib landshaftlar va toza tog‘ havosi, flora va faunaning  xilma-xilligi, qadimiy ziyoratgohlar va noyob milliy sihatgoh - bularning barchasi Zomin.

Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar

Zominda nimani ko‘rish mumkin?

✔️ Katta hududda joylashgan Zomin davlat tog‘ archa qo‘riqxonasi va uning tarkibiga kiradigan Baxmal o‘rmon xo‘jaligi, Zomin o‘rmon xo‘jaligi, umumiy maydoni 26840 ga. teng bo‘lgan Zomin milliy tabiiy bog‘i;

✔️ Kristall ko‘llar

Nurota tizmalari o‘zining janubiy, qisman g‘arbiy va vohasining bir qismini o‘rab, moʻtadil iqlimni taʼminlaydi, shuningdek, mintaqaning shimolidagi Aydar-Arnasay ko‘llar tizimiga relyef va tabiiy go‘zallikning o‘ziga xosligini beradi;

✔️ Milliy sihatgoh - "Zomin" sanatoriysi

Zomin milliy bog‘ida dengiz sathidan 2 ming metr balandlikda “Zomin” sihatgohi joylashgan.

Eng toza havo, tog‘li landshaftlar, ignabargli o‘simliklar - bularning barchasi kattalar va bolalarga tibbiy muolajalar o‘tqazish uchun eng yaxshi sharoit hisoblanadi.

✔️ Qadimiy ziyoratgohlar va Parpi Oyim majmuasi.