
O‘zbekistonning Parijdagi elchisi Nodir Ganiyev va Portugaliya Tadbirkorlar konfederatsiyasi prezidenti Armindu Monteyru o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari, logistika va turizm sohalarida hamkorlikni yana-da rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotda yakunida mamlakatimizning eksport salohiyatini Portugaliya bozorida keng targ‘ib qilish maqsadida Portu shahrida “Made in Uzbekistan” savdo-iqtisodiy tadbirini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.