Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Prezidentini Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

O‘zbekiston Prezidentini Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi



Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich davlatimiz rahbarini samimiy qarshi oldi.

photo_2026-09-08_15-40-35photo_2026-09-08_15-40-36photo_2026-09-08_15-40-38photo_2026-09-08_15-40-39photo_2026-09-08_15-40-41

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.

photo_2026-09-08_15-40-42photo_2026-09-08_15-40-43photo_2026-09-08_15-40-45photo_2026-09-08_15-40-46

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.