
O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Elchixonasida bo‘lib o‘tgan tantanali qabulda Fransiyaning siyosiy, ishbilarmon, akademik, madaniy va media doiralari vakillari, diplomatik korpus a’zolari hamda vatandoshlarimiz ishtirok etdi.
Tadbir doirasida «Orano» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi, «MEDEF International» huzuridagi Fransiya-O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi raisi Klod Imoven (Claude Imauven) O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.






