Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Özbekiston Prezidenti Turkiyaga amaliy taşrifini yakunladi - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Özbekiston Prezidenti Turkiyaga amaliy taşrifini yakunladi



Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy taşrifining tadbirlarga boy dasturi yakunlandi.

Davlatimiz rahbari Antaliya şahrida BMT Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) doirasida Jahon yetakçilari sammitida iştirok etib, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş va bu boradagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş böyiça yangi taşabbuslarni ilgari surdi.

ImageImage

Sammit doirasida davlatlar, xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari rahbarlari bilan qator uçraşuv va muzokaralar ötkazildi. Köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş, “yaşil” transformatsiya va barqaror rivojlaniş masalalari muhokama qilindi.

Image

Taşrifning birinçi kunida Özbekiston Prezidenti Yaşil iqlim jamğarmasi ijroçi direktori Mafalda Duerte, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, Jahon meteorologiya taşkiloti boş kotibi Seleste Saulo, Gruziya Prezidenti Mixail Kavelaşvili hamda Saudiya Arabistoni energetika vaziri, sanoat va mineral resurslar vaziri, şahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Bugun esa Jahon banki guruhi prezidenti Ajay Banga, Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb, Sloveniya Prezidenti Nataşa Pirs Musar, Bangladeş Boş vaziri Toriq Rahmon, BMTning Çöllanişga qarşi kuraş konvensiyasi ijroçi kotibi Yasmin Fuad hamda BMT Taraqqiyot dasturi Administratori Aleksandr De Kroo bilan muzokaralar bölib ötdi.

Taşrif dasturidagi tadbirlar yakunlangaç, Prezidentimiz Toşkent şahriga jönab ketdi. Antaliya xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari va rafiqasini Turkiyaning rasmiy şaxslari kuzatib qöydi.