Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Elchixona haqida - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Elchixona haqida


O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi 1995 yilning mart oyidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Diplomatik vakolatxona Parijning 8-okrugida Rue d'Aguesseau va Rue de Surène ko’chalarining kesishmasi, quyidagi manzilda joylashgan: 22 rue d’Aguesseau 75008 Paris. Shuningdek, diplomatik vakolatxona binosida Konsullik bo'limi ham faoliyat ko’rsatadi.

1997 yilda sotib olingan Elchixonaning ushbu binosi nufuzli hududda joylashgan bo’lib, Yelisey saroyi AQSh va Buyuk Britaniyaning elchixonalari yonida joylashgan. Elchixona joylashgan bino 4 qavatli (3 qavat + mansarda) alohida ma'muriy bino bo'lib 1775 yilda qurilgan. Obyekt O'zbekiston Respublikasining davlat mulki hisoblanadi.