Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Parij shahri, Centre Sportif Emile Anthoine maydoni kurash sporti bo’yicha jahonning eng nomdor polvonlari va kurash malikalarini bir joyga jamladi. - O'zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi elchixonasi

Parij shahri, Centre Sportif Emile Anthoine maydoni kurash sporti bo’yicha jahonning eng nomdor polvonlari va kurash malikalarini bir joyga jamladi.





Har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro ochiq turnirda 20 dan ortiq davlatidan 100 ga yaqin polvonlar ishtirok etmoqda.

Musobaqaning ochilish marosimida yurtimizning Fransiyadagi elchisi Nodir G’aniyev, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi Rizo Nassirilar so’zga chiqib mazkur turnir yildan-yilga nufuzi va geografiyasi kengayib, dunyoning eng kuchlilarini o’ziga rom etib kelayotganini ta’kidladi.

Turnir doirasida, Fransiyada yashab kelayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng namoyon va targ‘ib qilish maqsadida o‘zbek milliy hunarmandlari, oshpazlarining ko‘rgazmali chiqishlari hamda o‘zbek san'atkorlari tomonidan kontsert dasturlari namoyish etildi.